20 jan 09:25
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov Australian Open uchinchi bosqichiga chiqdi
Dunyoning oltinchi raketkasi Andrey Rublyov Avstraliya Ochiq chempionatidagi yurishini davom ettirmoqda.
Rossiyalik tennischi ikkinchi davra uchrashuvida ATP reytingida 93-pog'onadan joy olib turgan litvalik Richardas Berankisni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etdi - 6/4, 6/2, 6/0.
Bir yuz etti daqiqa davom etgan bahsda 24 yoshli Rublyov 13 ta, 31 yashar Berankis esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Andrey hisobda oldingi chiqib oldi - 2:1. Rublyovning uchinchi bosqichdagi raqibi xorvatiyalik Marin CHilich bo'ladi. U o'z o'rnida slovakiyalik Norbert Gomboshdan ustun keldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar