24 apr 11:34
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov Belgrad turnirida finalga chiqdi
Serbiya poytaxti Belgrad shahrida tennis bo'yicha ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning sakkizinchi raketkasi Andrey Rublyov musobaqaning finaliga yo'l oldi. Rossiyalik tennischi 64 daqiqa davom etgan yarim final uchrashuvida ATP reytingining 62-pog'onasidan joy olgan italiyalik Fabio Foninini ikki setda ham bir xil hisobda mag'lub etdi - 6/2, 6/2.
Bahs davomida 24 yoshli Rublyov 5 ta eys, 4 ta breyk-poyntni amalga oshirdi. O'zining to'p uzatishlarida xatoga yo'l qo'ymadi. 34 yoshli Fonini esa 1 ta eys zarbasi bilan kifoyalandi. Beshta qo'shxatoga yo'l qo'ygani holda bitta ham breykni amalga oshira olmadi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 5:5.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar