19 mar 18:29
Yangiliklar

Andrey Rublyov ilk bor Indian-Uells "Master" turniri yarim finaliga chiqdi
Indian-Uells "Masters" turnirining yana bir chorak final uchrashuvi yakunlandi.
Jahonning ettinchi raketkasi Andrey Rublyov ATP reytingida 35-o'rinni egallab turgan bolgariyalik Grigor Dimitrovni 7/5, 6/2 hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuv 1 soatu 32 daqiqa davom etdi. Ushbu vaqt davomida Andrey 4 ta eys va breyk qayd etib, ikki marta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Grigor 3 ta eysni amalga oshirib, to'rt marta qo'sh xatoga yo'l qo'ydi. O'zaro qarama-qarshilikda rossiyalik tennischi oldinga chiqib oldi - 3:2.
BNP Paribas Open turnirining yarim finalida Rublyov amerikalik Teylor Fritc qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar