17 mar 07:41
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov Indian-Uells "Masters" turnirining to'rtinchi davrasiga yo'l oldi
Indian-Uelssda bo'lib o'tayotgan "Masters" turnirida uchinchi davra o'yinlari yakunlanib, 1/8 finalga chiqqan tennischilar nomi malum bo'ldi.
Jahonning ettinchi raketkasi, rossiyalik Andrey Rublyov turnirning uchinchi davrasida ATR reytingida 30-o'rinni egallab turgan amerikalik Frensis Tiafoni 6/3, 6/4 hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuv 1 soatu 11 daqiqa davom etdi. Tennischilar o'rtasidagi o'zaro qarama-qarshilikda hisob tenglashdi – 1:1.
Rublyov 1/8 finalda jahonning 11-raketkasi, polshalik Xubert Gurkachga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar