02 apr 15:47
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov Miami Open yarim finalida
Tennis bo'yicha Miami Open turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Dunyoning sakkizinchi raketkasi bo'lib turgan Andrey Rublyov yarim final ishtirokchisiga aylandi. Rossiyalik tennischi 102 daqiqa davom etgan chorak final uchrashuvida reytingning 87-pog'onasidan joy olgan amerikalik Sebastyan Kordani qiyinchilik bilan mag'lub etdi - 7/5, 7/6(7).
Andrey uchrashuv mobaynida 5 ta, Sebastyan esa 4 ta eys zarbani amalga oshirdi. Bu tennischilarning o'zaro ilk to'qnashuvi edi. Endi Rublyov Miami Open turniri yarim finalida polshalik Xubert Gurkachga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar