14 apr 14:02
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov Monte-Karlo Mastersining uchinchi bosqichiga yo'l oldi
ATR reytingida sakkizinchi o'rinni egallab turgan rossiyalik Andrey Rublyov Monte-Karlodagi Mastersning ikkinchi davrasida dunyoning 25-raketkasi, avstraliyalik Aleks De Minaurga qarshi kortga chiqdi.
2 soatu 4 daqiqa davom etgan uchrashuvda Rublyov raqibini 2/6, 6/1, 6/4 hisobida mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
O'yin davomida Andrey uchta eys, to'rtta breyk va ettita qo'sh xatoni qayd etdi. Aleks esa bitta eys zarbasini amalga oshirib, bir bor qo'sh xatoga yo'l qo'ydi va uch marta breykdan unumli foydalandi.
Rublyovning Rolex Monte-Carlo Masters turniridagi navbatdagi raqibi jahonning 12-raketkasi, italiyalik Yannik Sinner bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar