11 may 10:13
Yangiliklar
Tennis

Andrey Rublyov uchun Rim "Masters" yakuniga etdi
Italiyaning Rim shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Kutilmaganda dunyoning ettinchi raketkasi Andrey Rublyov musobaqaning ikkinchi davrasida ATP reytingida 54-o'rinni egallab turgan serbiyalik Filip Krayinovichga 2/6, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini muddatidan ancha avval yakunladi.
Tennischilar kortda 70 daqiqa harakat qilishgan. Bu vaqt oralig'ida rossiyalik 24 yoshli tennischi 4 ta, 30 yoshli serb esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. SHu kungacha tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob teng edi - 2:2.
Havola :
Manba : gotennis
O’xshash yangiliklar
17:10
O'zbekistonlik sport psixologi "Santyago Bernabeu"da "Master in Sport Psychology" diplomini oldi 0
Fikrlar