10 sen 13:15
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov US Open yakuniga ko'ra Top-5'da debyut qiladi
Jahonning ettinchi raketkasi, rossiyalik tennischi Andrey Rublyov AQSH Ochiq chempionatidan so'ng ATP reytingining Top-5'da debyut qiladi.
U ispaniyalik Rafael Nadal hamda avstriyalik Dominik Timni ortda qoldirgan holda kuchli beshlikka kirib oladi. Nadal va Tim 2019, 2020 yilgi titullar uchun 2000 ochkodan himoya qilishlari kerak edi, lekin ular jarohat sabab mavsumni muddatidan oldin yakunlashdi.
Italiyalik Matteo Berrettini Rublyovni Top-5'ga kirishiga to'sqinlik qilishi mumkin edi, lekin u chorak finalda serbiyalik Novak Jokovichga yutqazdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar