31 dek 09:20
Yangiliklar

Angliya chempionati. “Xall” – “Everton” 2:2
Turnir jadvalining so'nggi pog'onasida borayotgan "Xall Siti" o'tgan turdagi mag'lubiyatdan so'ng bu safar durang qayd etdi. Mezbonlar g'alaba qozonishlari ham mumkin edi. Lekin so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol "Xall"ni ikki ochkodan mahrum qildi.
Angliya chempionati. 19-tur.
Xall – Everton 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar:1:0 – 6 Douson, 1:1 – 45, avtogol Marshall, 2:1 – 65 Snodgrass, 2:2 – 84 Barkli.
Xall: Marshall, Devis, Robertson, Douson, Maguayr, Meyler (Klukas, 56), Livermor, Al-Muxammadi, Snodgrass, Diomande (Xaddlstoun, 85), Mbokani.
Everton: Robles, Jagelka, Beyns, Koulmen, Uilyams, Berri (Devis, 66), Guye, Barkli, Miralyas (Funes Mori, 87), Valensiya (Kelvert-Lyuin, 74), Lukaku.
Ogohlantirish: Jagelka (60), Al-Muxammadiy (62), Devis (75), Maguayr (83).
Fikrlar