26 okt 06:57
Yangiliklar

Angliya liga kubogi. “CHelsi” “Everton”ni mag'lub etdi, “Tottenxem” o'z uyida yutqazdi
“Stenford Brij”da kechgan uchrashuvning birinchi bo'limi o'rtalarida Antonio Ryudiger “CHelsi” safida debyut golini kiritishga erishdi. O'yinning oxirgi daqiqalarida Villian oradagi farqni ikkitaga oshirdi. So'nggi soniyalarda “Everton” Kalvert-Lyuinning zarbasidan keyin oradagi farqni qisqartirdi. Ammo evertonliklarga mag'lubiyatdan qutulish nasib etmadi.
Ushbu bosqichda “Tottenhem” kutilmaganda o'z uyida “Vest Xem”ga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi. Keynsiz harakat qilgan mezbonlar birinchi bo'lim oxirlarida ikki to'p farqi bilan oldinga borishlariga qaramay, yakunda o'z darvozalaridan uchta gol o'tkazib yuborishgi majbur bo'lishdi.
Angliya Liga kubogi. 4-bosqich.
CHelsi – Everton 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar:1:0 – 26 Ryudiger, 2:0 – 90 Villian, 2:1 – 90 Kelvert-Lyuin.
CHelsi – Kabalero, Dzappakosta, Keyxill, Kristensen, Kenedi, Villian, Drinkuoter (Fabregas, 62), Musonda (Pedro, 70), Ampadu, Ryudiger, Batshuayi (Morata, 85).
Everton – Pikford, Beyns, Jagelka, Kenni, Uilyams, Makkarti (Kelvert-Lyuin, 64), Devis, Lennon (Lukman, 73), Baningime, Miralyas, Runi (Nyasse, 81).
Ogohlantirishlar: Uilyams (28), Devis (50), Makkarti (52), Jagelka (61), Ryudiger (66).
Tottenxem – Vest Xem 2:3
Gollar: 1:0 – 6 Sissoko, 2:0 – 37 Alli, 2:1 – 55 Ayyu, 2:2 – 60 Ayyu, 2:3 – 70 Ogbonna.
Tottenxem – Vorm, Alderveyreld, Devis, Rouz (Eriksen, 81), Foyt, Alli, Sissoko, Dayer, Tripper, Lorente (Dembele, 72), Son Xyn Min (Nkudu, 83).
Vest Xem – Adrian, Ogbonna, Kressuell, Bayrem, Kuyate, Fernandesh (Obiang, 77), Rays, Lansini (Arnautovich, 88), Nobl, Ayyu, Kerroll.
Fikrlar