22 noy 07:33
Yangiliklar
![](/upload/storage/6028_220.jpg)
Angliya. “Vest Bromvich” “Bernli”ni tor-mor etdi
Uchrashuvda katta tashabbusga ega bo'lgan mezbonlar yirik 4:0 hisobida zafar quchishdi. Fillips, Morrison, Fletcher va Rondon kiritilgan gollarga mualliflik qilishdi.
Kechagi g'alabadan so'ng “Vest Bromvich” 16 ochko bilan 9-o'ringa ko'tarilib oldi. “Bernli” esa 14 ochko bilan 12-o'ringa pastladi. Turnir jadvalida “CHelsi” 28 ochko bilan peshqadamlik qilyapti.
Angliya chempionati. 12-tur
VEST BROMVICH – BERNLI 4:0 (3:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 4 Fillips, 2:0 – 16 Morrison, 3:0 – 37 Fletcher, 4:0 – 64 Rondon.
“Vest Bromvich”: Foster, Douson, Makoli, Evans, Nom, Fletcher, Yakob, Brant, Morrison (Gardner, 83), Fillips (Makkleyn, 75), Rondon (Robson-Kanu, 79).
“Bernli”: Xiton, Louton, Kin, Mi, Uord, Gudmundsson (Boyd, 79), Marni, Defur (Barns, 46), Arfild, Xendrik, Vouks (Grey, 70).
Fikrlar