25 fev 08:45
Yangiliklar
Tennis

Antaliya. Juftliklar. Jo'rabek Karimov finalga chiqa olmadi
Hamyurtimiz Jo'rabek Karimov Antaliyada davom etayotgan turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Rossiyalik Kirill Dmitriev bilan juftlik hosil qilgan tennischimiz yarim final uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi. Ular ukrainalik Vadim Ursu va Vladimir Ujlyovskiylarga 1:6, 6:1, tay-brekda 6:10 hisobida yutqazishdi.
Avvalroq Jo'rabek yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida turkiyalik Kem Ilkelga uch set davom etgan uchrashuv yakunida imkoniyatni boy bergan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar