09 may 14:25
Yangiliklar
Futbol
Antonio Konte: Keyingi o'yindayoq chempion bo'lishimiz kerak
CHelsi ustozi Antonio Konte Midlsbroga qarshi o'yindan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirdi.
Ajoyib o'yin o'tkazdik. SHogirdlarim uch ochkoga loyiq o'yin ko'rsatishdi. Biz Tottenxemning mag'lubiyatidan foydalanib qolishimiz kerak edi.
Endi chempionlik uchun bir qadam qoldi. Dam olib Vest Bromvichga qarshi tayyorgarlik ko'rish kerak. Bu mening Angliyadagi ilk mavsumim. Biz premer-ligada chempion bo'lishga loyiq o'yin ko'rsatayapmiz.
Keyingi bahsning o'zida chempionlikni rasmiylashtirish kerak. Vest Brom bizga qarshi yaxshi o'ynaydi, bunga tayyormiz, – deydi Konte.
Havola :
Fikrlar