18 noy 19:51
Yangiliklar
Futbol

Antuan Grizmann: "Evro-2020da g'alaba qozonishga harakat qilamiz"
Franciya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Evro-2020 saralashi doirasida Albaniyaga qarshi uchrashuvdan (2:0) keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu g'alabadan juda mamnunmiz. Qiyin bo'lishini bilardik. Yangi stadion to'p tepish uchun qulay emas edi. O'yinni zo'r boshladik va birinchi bo'limning o'zida natijani hal qilib qo'ydik. O'yin uchun tuzilgan sxemamiz yaxshi ishladi. Endi kelasi yil Evroda o'ynaymiz va g'alaba qozonishga harakat qilish uchun boramiz", – deydi Grizmann.
Havola :
Fikrlar