06 okt 07:38
Yangiliklar
Millatlar ligasi. Franciya terma jamoasi Belgiyani tor-mor etdi, Oliseda - dubl!
Milliy terma jamoalar o'rtasidagi Millatlar ligasi (A ligasi) guruh bosqichining 4-turidan o'rin olgan Franciya va Belgiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. O'yin Franciyaning Sen-Deni shahridagi "Stad de Frans" stadionida bo'lib o'tdi. Bahsda shotlandiyalik Nik Uolsh bosh hakamlik qildi. Uchrashuvda maydon egalari 4:1 hisobida yirik g'alabani nishonlashdi.
Uchrashuvdagi birinchi golni 35-daqiqada Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Dodi Lukebakio urdi. Francuzlar hujumchisi Dezire Due 77-daqiqada hisobni tenglashtirdi, 81-daqiqada esa Rayan SHerki mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 88-daqiqada Maykl Olise gol urdi. 90+1-daqiqada esa Olise dublni rasmiylashtirdi — 4:1.
To'rtta o'yindan so'ng Franciya terma jamoasi 10 ochko jamg'arib, 1-guruh turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. Belgiya esa olti ochko to'plagan holda uchinchi pog'onada bormoqda.
Franciya - Belgiya 4:1
Gollar: Due 77, SHerki 81, Olise 88, 90+1 - Lukebakio 35.
Franciya: Rest, Diuf, Lakrua, Yoro, Kunde, Kone, Kamavinga, Akliush, Barkola, Lepol, Dembele.
Belgiya: Vandevordt, Kastan, Ngoy, Mexele, Seys, Vanaken, Lukebakio, Lavia, Raskin, Moreyra, Lukaku.

Fikrlar