15 iyu 15:21
Yangiliklar
Anvar Anvarov SHveciyadagi turnir chempioni!
Jahon engil atletika tashkilotining Continental Tour seriyasiga kiruvchi va Bronza darajasiga ega ushbu musobaqada mezbon sportchilar bilan bir qatorda Evropaning etakchi atletlari hamda xalqaro maydondagi kuchli engil atletikachilar ishtirok etdi.
Hamyurtimiz Anvar Anvarov erkaklar o'rtasida uzunlikka sakrash bahslarida qatnashib, barcha raqiblaridan ustun keldi. Mamlakat rekordchisi ikkinchi urinishda 8.23 metr natija qayd etib, musobaqa yakuniga qadar saqlanib qolgan eng yaxshi ko'rsatkich egasiga aylandi va oltin medalni qo'lga kiritdi.
SHamol tezligi ruxsat etilgan meyordan yuqori — +3,0 m/s bo'lgani sababli ushbu natija Anvarovning mavsumdagi eng yaxshi natijasi sifatida rasman qayd etilmaydi.
1-o'rin. Anvar Anvarov — 8.23 metr
2-o'rin. Xenrik Flotnes — 8.03 metr
3-o'rin. Kristof Papp — 7.79 metr.
Fikrlar