15 iyu 12:13
Yangiliklar
Anvar Anvarov Vengriyadagi turnirda shohsupaga ko'tarildi (VIDEO)
Dunyoning eng kuchli atletlari ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston sharafini himoya qilgan Anvar Anvarov yana bir bor yuqori natija qayd etib, sovrindorlar safidan joy oldi.
Erkaklar o'rtasidagi uzunlikka sakrash bahslarida hamyurtimiz o'zining eng yaxshi urinishida 8,12 metr natija ko'rsatdi. U dastlabki uch urinish yakuniga ko'ra musobaqada peshqadamlikni qo'lga olgan bo'lsa-da, keyingi urinishlarda raqiblarining natijalari evaziga musobaqani kumush medal bilan yakunladi.
Musobaqada Greciya vakili Miltiadis Tentoglou 8,31 metr natija bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi. Bronza medal esa germaniyalik atlet Zimon Batsga nasib etdi. U ham Anvar Anvarov singari 8,12 metr natija qayd etdi.
Fikrlar