13 avg 12:54
Yangiliklar
Boshqalar

Anvar Mursaqulovni tabriklaymiz!
Bugun Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Anvar Mursaqulov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Anvar aka bugun 40 yoshga to'ldilar. Qayd etish lozimki, so'nggi yillarda Toshkent shahrida ommaviy sport tadbirlari sifatini oshirishda Anvar Alijonovichning hissasi katta. SHuningdek, poytaxtimiz o'zbek sportiga bo'lajak chempionlarni tarbiyalab berishda davom etmoqda.
Fursatdan foydalanib, Anvar akani bugungi tug'ilgan kuni bilan muborakbod etamiz. U kishiga oilaviy xotirjamlik, sog'lik-salomatlik, ishida esa muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Hurmat bilan Olamsport.com sayti tahririyati
(Suratda chapdan ikkinchi)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar