09 apr 17:51
Yangiliklar
Futbol

APL klublari ham futbolchi va murabbiylarning maoshini qisqartirishni boshladi
"Sautgempton" koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq vaziyat sabab maoshlar kamaytirilganligini elon qildi.
Futbolchilar, murabbiylar va klub rahbariyati 3 oy davomida, yani aprel, may va iyun oylarida to'laqonli maosh olishmaydi.
SHunday ekan, "Sautgempton" Angliya Premer-ligasida maoshlarni kamaytirgan ilk klub bo'lmoqda.
SHuningdek, klub ish o'rinlarini saqlab qolish bo'yicha davlat dasturida qatnashmaslikka qaror qildi. "Sautgempton" 100% miqdorda o'z xodimlarga maoshlarni to'laydi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar