27 dek 09:40
Yangiliklar

APL. "Lester" va "Liverpul" o'yinida yirik hisob qayd etildi
Mazkur bahsda Yurgen Klopp shogirdlari "tulkilar"ni ayab o'tirishmadi. Jamoalarning musobaqa jadvalida egallagan pog'onalari tengkurashlarga boy o'yin vada qilgandi, ammo unday bo'lmadi. Bu o'yindan keyin "Liverpul" va ikkinchi o'rindagi "Lester Siti" klubi orasida 13 ochkolik tafovvut yuzaga keldi.
Lester – Liverpul 0:4
27 dekabr, 01.00, «King Pauer»
Gollar:
0:1 – 31 Firmino, 0:2 – 71, penalti Milner, 0:3 – 74 Firmino, 0:4 – 78 Aleksander-Arnold.
Lester – SHmeyxel, CHiluell, Evans, Seyundjyu, Rikardu Pereyra, Barns (Olbrayton, 58), Ndidi, Prat (Peres, 72), Tilemans, Meddison (CHouduri, 76), Vardi.
Liverpul – Alisson, Robertson, van Deyk, Aleksander-Arnold, Gomes, Keyta (Milner, 70), Xenderson (Lallana, 82), Veynaldum, Mane, Salax (Origi, 70), Firmino.
Ogohlantirishlar:
Gomes (62), Meddison (73).
Fikrlar