13 may 09:41
Yangiliklar
Futbol

APL. Mavsumning eng yaxshi darvozaboni ham aniqlandi
Angliya chempionatining so'nggi tur uchrashuvlaridan so'ng musobaqa mutasaddilari tomonidan eng yaxshi darvozabonga maxsus sovrin topshirildi.
Ushbu nomga «Liverpul» posboni Alisson Beker loyiq ko'rildi. U joriy mavsum davomida 21 ta o'yinni quruq o'tkazgan. Alisson ushbu natija bo'yicha Edvin van der Sarning natijasini takrorladi.
Malumot uchun, Premer-liga tarixida mavsum davomidagi eng ko'p (24 ta) golsiz o'yinni Petr CHex 2004/05 yilgi mavsumda «CHelsi» safida o'tkazgan.
Havola :
Fikrlar