So’nggi yangiliklar

10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0 08:28Оқ уй: Шон О'Мэлли иштирокидаги жанг ҳам муддатидан аввал якунланди 0 08:11Деррик Льюис Оқ уйда жанг қилди 0 07:18UFC Freedom 250. Майкл Чендлерни биринчи раунддаёқ нокаут қилишди 0 17:59Ян Облак "Атлетико”дан бошқа клубга ўтиши мумкин 0 17:30Улар муҳаббат шаҳрида + ФОТО 0 16:54Кэти Тэйлорнинг хайрлашув жангига чипталар 30 дақиқада сотиб бўлинди 0 16:26Тошкентда ўтган Octagon 87 турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:55Рафинья "Барселона" бўйича қарор қабул қилди 0 15:28Топурия Махачев билан жанг учун даҳшатли сумма сўраган экан 0 14:53Махачев Оқ уйдаги UFC турнирининг энг қизиқарли жангини айтди 0 14:27Фьюри ўзидан 50 кг оғирроқ Эддига қарши тўлиқ жанг ўтказди 0

29 mar 10:50
Yangiliklar

Boks/MMA, Futbol

“APL rahbariyati tezda bir qarorga kelmasa, joriy mavsum natijalarini bekor qilishga to'g'ri keladi”

Teglar :  APLRio Ferdinand
“Manchester Yunayted” ning sobiq sardori Rio Ferdinandning fikricha, APL rahbariyati joriy mavsumni yakunlash borasida aniq bir qarorga kela olmasa, unda mavsumni bekor qilish lozim.

“Vaziyat shuni taqozo qilmoqda. Sen uyda oila azolaring va yaqinlaring bilan o'tirganingda, sport insonlar bilan muloqot qilish uchun naqadar kerakligini his qilasan.

Biz futbolga qanchalik jiddiy munosabatda bo'lmaylik, u bu shunchaki o'yin. Jamoatchilik uchun ayni paytda undanda muhimroq ishlar bor. Men bu borada ilgari ham gapirgandim va o'sha fikrimda sobit qolaman: agar APL rahbariyatida vaziyatdan chiqish uchun tezkor qaror qabul qilish imkoni bo'lmasa, unda ushbu mavsumni bekor qilib, hammasini boshidan boshlash lozim.

Ko'p insonlar, asosan “Liverpul” muxlislari men “qizillar”ni APLda g'olib chiqishini istamayotganligim sabab bu fikrlarni aytayotganlikda ayblashlari mumkin. Agar mening jamoa xuddi shunday vazyatga tushib qolanida, men o'yin haqida emas, insonlar salomatligi haqida qayg'urgan bo'lardim. O'ylaymanki, APL rahbarlari buni yaxshi tushunib turishibdi. Bunday qarorga kelinsa, ayrim insonlar norizo bo'lishlari tabiiy. Ammo qanday qaror qabul qilishingdan qatiy nazar, unga qarshi chiquvchi va norozi bo'lguvchilar doim topiladi”, dedi Ferdinand BT Sport telekanali efiriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, APL 29-turidan keyin “Liverpul” 82 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilib turgandi. “Manchester S iti” 57 ochko bilan ikkinchi, “Lester” 53 ochko bilan uchinchi pog'onani band etgan.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing