03 okt 18:48
Yangiliklar
Futbol

APLda ilk istefo
"Uotford" matbuot xizmati jamoani boshqarib kelgan Xisko Munosning istefosini malum qildi.
Bunga jamoaning yomon natijalari sabab bo'lgan. Uning qo'l ostida "Uotford" ushbu mavsumda APLga qaytgandi. Ayni damda jamoa 7 o'yinda 7 ochko jamg'argan holda APLning 14-pog'onasini egallab turibdi.
Munos "Uotford"ga qadar Minskning "Dinamo"sini boshqargandi. 2020 yilning dekabrida "Uotford"da ish boshlagan mutaxassis 10 oy davomida ushbu jamoani boshqardi.
Uning o'rnida "Lester"da ishlagan Klaudio Raneri ish boshlashi kutilmoqda.
Havola :
Manba : goal.com
Fikrlar