20 may 12:34
Yangiliklar
Futbol

APLning keyingi mavsumi ham muxlislarsiz o'tishi mumkin
Premer-liga klublari mashg'ulotlarni birin-ketin boshlab yuborishmoqda.
Garchi, tez orada APLga restart berilgan taqdirda ham ishqibozlar hali beri sevimli jamoalarining o'yinlariga tashrif buyura olmasliklari mumkin. CHempionatning butun boshli keyingi mavsumi ham bo'sh tribunalar bilan o'tishi ehtimoli bor. Bu haqda APLning tibbiy masalalar bo'yicha maslahatchisi Mark Jillett "The Guardian" nashriga bergan intervyusi payti aytib o'tdi.
Funkcionerning keltirishicha, Angliya Sog'liqni saqlash vazirligi ijtimoiy vaziyat va fuqarolarning sog'lig'i bilan bog'liq holat yaqin 6-12 oy ichida o'zgarmasligi haqida malum qilgan.
Havola :
Fikrlar