22 okt 12:46
Yangiliklar
Formula-1
AQSH Gran-prisi. Xemilton uchinchi sinov poygasida ham birinchi
“Mersedes” piloti Lyuis Xemilton “Formula-1” musobaqalari doirasidagi AQSH Gran-prisining uchinchi sinov poygasida ham eng yaxshi natijani qayd etdi.
Uch karra jahon chempioni Ostin shahridagi Trassa Amerik avtodromida o'tkazilayotgan poygada eng yaqin taqibchisi Sebastyan Fettelni 0,092 soniyaga ortda qoldirdi. Valtteri Bottas kuchli uchlikka yakun yasadi.
Malumot
uchun, britaniyalik Lyuis Xemilton “Formula-1” bo'yicha jahon chempionatining 17-bosqichi
hisoblangan AQSH Gran-prisining birinchi va ikkinchi test‑sinov poygalarida ham
eng yaxshi natija bilan birinchi o'rinni band etgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar