25 sen 14:47
Yangiliklar
Futbol

"Ar Rayyan" Xamesdan so'ng "Roma" futbolchisini o'z safiga qo'shib olishga yaqin
Rimning "Roma" klubi yarim himoyachisi Stiven N'Zonzi "Ar Rayyan" jamoasiga o'tishga yaqin.
Jurnalist Janluka Di Marcioning xabar berishicha, 32 yoshli francuz shanba kuni Qatar klubiga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan o'tadi. Oldinroq, "Ar Rayyan" "Everton" yarim himoyachisi Xames Rodriges bilan shartnoma imzolagan edi.
Malumot uchun, N'Zonzi o'tgan mavsumni ijara asosida "Renn" klubida o'tkazdi. Xavbek francuz klubida 39 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar