So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

26 dek 16:15
Yangiliklar

Ot Sporti

Argentina Olimpiadasida yana bitta licenziyaga ega bo'ldik

Teglar :  Ot sporti
Mamlakatimiz ot sporti tarixida ilk bor terma jamoamiz azosi o'smirlar o'rtasidagi yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan bo'ldi.

Yani, 2018 yilda Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahri mezbonlik qiladigan III o'smirlar Olimpiadasida hamyurtimiz Abdushukur Sobirjonov yurtimiz sharafini himoya qiladi. 

Takidlash kerak, mazkur nufuzli musobaqaga nomzodlar Sirtqi Jahon kubogi – CHellendj musobaqalaridagi ishtiroki va yuqori ko'rsatkichlari asosida tanlanadi. Bu yilgi CHellenj musobaqalarining Eron, Iordaniya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Qatar, Suriya, Birlashgan Arab Amirligi, Saudiya Arabistoni va O'zbekiston kabi to'qqiz davlatdan iborat oltinchi reyting zonasida jami 78 nafar chavandoz ishtirok etdi. Olimpiya o'yinlari licenziyasi uchun bo'lgan jiddiy va murakkab bahslar davomida har bir chavandoz o'z iqtidori va salohiyatini namoyish qilishga harakat qildi.

Eslatib o'tamiz, har bir mamlakat CHellenj musobqalari natijalarini Xalqaro Ot sporti federaciyasi (FEI) ga jo'natadi va ana shu natijalar asosida Olimpiada qatnashchilari aniqlanadi. Ekspertlar chavandozlarning yuqori ko'rsatkichlariga katta etibor qaratishadi. To'qqiz mamlakat chavandozlari orasida bo'lib o'tgan bellashuvlar davomida Abdushukur Sobirjonov marraga 63.04 soniyada, hech qanday jarima bali olmasdan etib keldi va g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Yana shuni faxr bilan qayd etish kerak, o'smirlar o'rtasidagi yozgi Olimpiada bahslarida yosh chavandozimiz mamlakatimiz shanini himoya qilish bilan birga Osiyo minataqasi terma jamoasi tarkibida ham bellashuvlarda ishtirok etadi.

Malumot uchun, Abdushukur Sobirjonov 2002 yil tug'ilgan. Ot sportining to'siqlardan ot sakratish turi bo'yicha bir necha karra O'zbekiston chempioni, bir necha bor to'siqlardan ot sakratish  bo'yicha Jahon kubogi Markaziy Osiyo ligasi chempioni bo'lgan. Eslatib o'tamiz, III o'smirlar Olimpiya o'yinlari 2018 yilning 6 - 18 oktyabr kunlari Argentinaning Buenos-Ayres shahrida bo'lib o'tadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing