So’nggi yangiliklar

19:51Жошуа Ван - Александр Пантожа реванш жанги ўтказилади 0 19:06Руслан Нурудинов, Акбар Жўраев бош оғир атлетикачиларимиз Туркияга жўнаб кетди 0 18:38ATP рейтинги. Султонов 107, яна бир теннисчимиз 57 поғонага юқорилади 0 18:15"Навбаҳор" Ўзбекистон МТЖ аъзоси билан шартнома имзолади 0 17:42Том Аспиналл навбатдаги жангини ўтказишга тайёрлигини билдирди 0 17:07Крикетчиларимиз Қобулда Афғонистон билан ўртоқлик ўйини ўтказишди 0 16:39Конор Макгрегор: "Шайтон юзимга тик қараб тургандай" 0 16:13Муҳаммад Салоҳнинг эҳтимолий янги клуби маълум бўлди 0 15:44Умар Кремлёв: "Биволга трилогия учун икки баробар кўп пул таклиф қилдик, лекин..." 0 15:18Кудерметова ва Тимофеева Афинадаги WTA 250 турнирида иштирок этади 0 14:53Ўзбекистонлик пойгачи Италиядаги мусобақада муваффақият қозонди 0 14:26Чемпионликни кўзлаган “Пахтакор” май ойидан бери маошсиз 0 13:54Макс Холлоуэй Конор Макгрегорга мурожаат қилди 0 13:30Тахмина Икромова Жаҳон кубогида иккита медаль қўлга киритди 0 12:59Илк марта уйғур спортчиси UFC билан шартнома имзолади + ФОТО 0

09 okt 15:02
Yangiliklar

Tennis

Argentinadan eksklyuziv. Tarixiy medal sari yo'l

O'smirlar Olimpiya o'yinlarining kumush medali sohibi Ulug'bek Rashitov va uning murabbiyi Pavel Xan muvaffaqiyatdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

Eslatib o'tamiz, taekvondochimiz Buenos-Ayresdagi Olimpiadada O'zbekiston sport delegaciyasiga dastlabki medalni qo'shib qo'ydi.

«Birinchi jangimni mo'g'ulistonlik raqibga qarshi o'tkazib, 44:3 hisobidagi g'alabaga erishdim. Yarim finalda Janubiy Koreya vakilini 21:10 hisobida mag'lub etdim. Finalda biroz omadim kelmadi va rossiyalik taekvondochiga 8:11 hisobida imkoniyatni boy berdim. Yarim yil oldin Tunisdagi musobaqada ushbu raqibimni 31:28 hisobida mag'lub eta olgandim.

Umuman, jang davomida raqibimdan yomon harakat qilganim yo'q. Faqat, o'zimga bo'lgan ishonch kamlik qildi. Finalni hisobga olmaganda mo'g'ulistonlik sportchiga qarshi jang qiyin kechdi. Ammo, murabbiyim bilan birgalikda unga qarshi to'g'ri taktika tanlay oldik.

O'smirlar Olimpiya o'yinlaridan taassurotlarim bir olam. Yosh taekvondochilar bungacha ushbu o'yinlarda medal qo'lga kiritmagan edilar. SHu sababli ham bu natija men uchun tarixiy ahamiyatga ega. Bundan fahrlanaman. Barchaga rahmat, ayniqsa murabbiyimga minnatdorchilik bildiraman», – dedi Ulug'bek.

 

Pavel Xan: «Yirik musobaqada sovrindor bo'lish uchun vatanparvarlik talab etiladi»

«Ulug'bek 10 yildan buyon taekvondo bilan shug'ullanadi. Biz o'smirlar Olimpiadasiga qattiq tayyorgarlik ko'rgandik. Bu jarayonida Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasida bizni qo'llab-quvvatladi. Fursatdan foydalanib, ularga minnatdorchilik bildiraman.

Tayyorgarlik haqida gapiradigan bo'lsam, vazn tashlash lozim bo'lgani uchun bu bizga oson kechmadi.
Ulug'bek o'yinlarga licenziyani 7 oy avval qo'lga kiritgandi. Bu vaqt ichida uning bo'yi 5 sm ga o'sdi. SHu sababli ham qiyin bo'ldi. Bunday saviyadagi musobaqalarda sovrindor bo'lish uchun qattiq mehnat qilish lozim. Maqsad sari olg'a intilish va albatta vatanparvar bo'lish kerak».

Rashitovning ishtiroki tahlili

«Har bir musobaqadan so'ng biz tahlil qilamiz. Bu safargi ishtirok haqida gapiradigan bo'lsam, unda ruxiy tayyorgarlik bo'yicha kamchiliklar ko'zga tashlandi. Ulug'bek ko'proq musobaqalarda ishtirok etib, o'ziga bo'lgan ishonchni oshirishi lozim».

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing