25 jan 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Carukyan CHarlz Oliveyraga: "Mening ismimni aytishdan qo'rqma, qattiq urmayman"
UFC jangchisi Arman Carukyan sobiq chempion braziliyalik CHarlz Oliveyeraga murojaat qildi.
"Birinchi raqamli davogar kim? Bu – Arman Carukyan. Agar kimdir bu maqomni o'zlashtirmoqchi bo'lsa, men bilan jang qilish kerak. Men tayyorman va muzokaralarga ochiqman. Mening ismimni aytishdan qo'rqmang. Vada qilaman, juda qattiq urmayman", - deb yozdi Carukyan o'z ijtimoiy tarmoqlarida, Oliveyeraga qarshi jangidagi suratlarini ilova qilgan holda.
Eslatib o'tamiz, Carukyan va Oliveyera UFC 300 turnirida to'qnash kelgan. Jangda Arman ochkolar evaziga g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar