03 sen 08:54
Yangiliklar
Arman Carukyan Islam Maxachevning rekordini yangilamoqchi
Biroq rossiyalik engil vaznli jangchi UFC chempioni maqomida hamyurtining yutug'ini yangilay olishiga ishonmoqda. Maxachev hozirda to'rtta himoya jangi bilan divizion rekordchisi hisoblanadi.
"Kamida beshta chempionlik himoyasini o'tkazmoqchiman. Engil vazn divizioni rekordini yangilash niyatidaman. Islamda to'rtta himoya bor edi, shu bois men beshtasini o'tkazmoqchiman. Keyin esa ko'ramiz: yo faoliyatimni yakunlayman yoki yarim o'rta vaznga ko'tarilaman, lekin buning uchun vazn to'plashim kerak", — dedi Carukyan "Deep Waters" podkastida.
Engil vazn divizionida ketma-ket himoya janglari soni bo'yicha rekord o'rnatgan Islam Maxachev chempionlik kamarini bo'shatib, yarim o'rta vaznga ko'tarildi. U erda avstraliyalik Jek Della Maddalenadan chempionlik kamarini tortib oldi, so'ngra irlandiyalik Yen Machado Gerrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, muvaffaqiyatli himoya qildi.
Arman Carukyanning so'zlariga ko'ra, dunyoning eng kuchli ligasi rahbariyati, agar u 19 sentyabr kuni Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan UFC 331 turnirida braziliyalik Maurisio Ruffini mag'lub etsa, unga chempionlik jangi uchun imkoniyat taqdim etishga vada bergan.

Fikrlar