16 iyu 13:01
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/125917_220.jpg)
Artur Beterbiev IBF kamarini himoya qiladi. Jang sanasi malum!
Yarim og'ir vaznda WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Artur Beterbievning navbatdagi jang sanasi malum bo'ldi.
Kanadada yashayotgan rossiyalik jahon chempioni 25 sentyabr kuni Ekaterinburg shahrida IBF kamarini rasmiy davogar Men Fanlundan himoya qiladi. Bu malumotni Arturning amerikalik promouteri Bob Arum ham tasdiqladi.
Aslida ushbu chempionlik himoya jangi yil boshida Xitoyda, keyin esa 28 mart kuni Kanadada o'tkazilishi belgilangandi. Ammo, koronavirus pandemiyasi sabab har ikki urinish bekor bo'lgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar