27 sen 12:18
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				Artur Beterbiev operaciyadan keyin qay tariqa o'ziga kelayotganini aytdi
Boks bo'yicha jahon chempioni Artur Beterbiev mashg'ulotlarga qaytgani haqida gapirdi.
			"Asta-sekinlik bilan mashg'ulot jarayonini kuchaytirmoqdaman. Endi-endi jismoniy yuklamalar olyapman, boks tushyapman. Zalga qaytdim. Hozircha qolgan asoratlar haqida nimadir deya olmayman, chunki hali rasmga tushishim, tibbiy ko'rikdan o'tishim kerak. Ana o'shandan keyin operaciya qilingan joy haqida nimadir desa bo'ladi. Umuman olganda o'zimni yaxshi xis qilyapman va to'laqonli mashg'ulotlarni boshlashni istayman", - dedi Beterbiev.
Iyul oyi oxirlarida aynan shu sababli Beterbievning Kallum Smitga qarshi 19 avgust kuni o'tkazilishi kerak bo'lgan jangi qoldirilgandi.
            Havola            :         
                    Manba                : championat.com
            
			
Fikrlar