22 noy 13:55
Yangiliklar
Tennis
“Astana CHellenjer”. Jo'rabek Karimovda mag'lubiyat
Xabar berganimizdek, Qozog'istonning Astana shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “CHellenjer” turkumidagi turnir davom etmoqda.
Astana Challenger “Capital Cup” turnirining asosiy to'r bahslarida bir yo'la to'rt nafar tennischimiz o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Ulardan birinchi bo'lib Temur Ismoilov bahslarga kirishib, g'alabaga erishgandi.
Bundan bir necha daqiqa avval istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov ilk davra uchrashuvida kortga chiqdi. Afsuski, asosiy to'r bahslariga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan Jo'rabek germaniyalik Daniel Masurga 1:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar