25 noy 12:15
Yangiliklar
Tennis

Astanadagi o'zbek derbisida Istomin Ismoilovni mag'lub etdi
Qozog'istonning Astana shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “CHellenjer” turkumidagi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Bugun Astana Challenger “Capital Cup” turnirining yakkalik bahslarida yarim final, juftliklar musobaqasida esa hal qiluvchi final uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.
Etiborlisi, yakkalik bahslarining ikkinchi yarim final uchrashuvi o'zbek derbisiga aylandi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin yana bir terma jamoamiz azosi Temur Ismoilovga qarshi kortga chiqdi.
Uch set davom etgan o'yinda tajribali Istomin 6:2, 6:7, 6:3 hisobida zafar quchdi. Uning bosh mukofot uchun bahsdagi raqibi Yoshixito Nishioka bo'ladi. Yaponiyalik bu tennischi turnirning birinchi raketkasi xisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar