28 may 16:28
Yangiliklar
Futbol

"Aston Villa" bosh murabbiyining otasi koronavirusdan vafot etdi
"Aston Villa" ustozi Din Smitning otasi koronavirus infekciyasi oldida ojiz qoldi.
Bu haqda Birmingem klubi matbuot xizmati xabar bermoqda. Ron Smit 79 yoshda edi. U bolaligidan "Aston Villa" muxlisi bo'lgan va bir necha yillar davomida "Villa Park" stadionida styuard bo'lib ishlagan.
"Ron bir oy oldin koronavirusga chalingan edi. SHifoxonada qisqa vaqt bo'ldi va hayotdan ko'z yumdi.
Ron yoshligidan "Aston Villa"ga muxlislik qilgan va klubimizga bo'lgan muhabbatini bolalariga ham o'tkazgan. Biz ushbu qiyin vaziyatda Smitlar oilasi bilan birgamiz", - deyiladi "Aston Villa"ning rasmiy bayonotida.
Havola :
Fikrlar