09 jan 10:23
Yangiliklar
Futbol

"Atletik" samolyoti noqulay ob-havo sabab Madriddan Bilbaoga qaytib ketdi
Madridning "Atletiko" hamda Bilbaoning "Atletik" klublari o'rtasidagi o'yin o'tkazilmasligi mumkin.
Madrid qor bilan qoplangan edi. "Atletik" samolyoti esa "Baraxas" aeroportiga qo'na olmadi va Bilbaoga qaytib ketdi.
O'yin o'tkazilmaslik xavfi ostida, sababi "Baraxas" shanba kuni ishlashi aniq emas. Aeroportdan transferlarda shahardagi qor bo'roni sabab ham muammo kuzatilishi mumkin.
Malumot uchun, "Atletiko" va "Atletik" o'rtasidagi o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:15da bo'lib o'tishi kerak.
Havola :
Fikrlar