17 okt 13:25
Yangiliklar
Futbol

"Atletiko" Felipega 2024 yilga qadar shartnoma taklif qiladi
"Atletiko" himoyachisi Felipe klub bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.
Jurnalist Bruno Andradening xabariga ko'ra, braziliyalikka 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilinadi. Uning amaldagi shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Felipe "Atletiko"ga 2019 yilda qo'shilgandi. U jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 79 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi.
Havola :
Fikrlar