So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

19 dek 08:35
Yangiliklar

Futbol

“Atletiko Kalkutta” - Hindiston Superligasi chempioni!

2016 yilgi Hindiston Superligasi o'z yakuniga etdi.

1 oktyabr kuni start olgan chempionatda 8ta klub dastlab ikki davra davomida kurash olib borishdi. Eng yuqori to'rt o'rinni egallagan klublar yarim finalda uy safar tizimida o'yin o'tkazishdi.

Yarim finallarda “Kerala Blasters” “Dehli Dinamos”ni, “Atletiko Kalkutta” esa “Mumbay Siti”ni mag'lub etib finalga chiqishdi.

Kecha bo'lib o'tgan final uchrashuvida angliyalik Stiven Koppel boshchiligidagi “Kerala Blasters” klubi ispaniyalik Xose Molina boshchiligidagi “Atletiko Kalkutta”ga qarshi bahs olib bordi.


Dastlab 37-daqiqada Muhammad Rafi “Kerala”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Tanaffusga chiqish arafasida Enrike Sereno muvozanatni tikladi. Bu hisob o'yin oxirigacha saqlanib qoldi.

Qo'shimcha taymlarda ham gol urilmadi. SHu bois g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotoreyasida “Atletiko” futbolchilari omadliroq chiqishdi - 4:3.

SHu tariqa bu klub o'z tarixida ikkinchi marta Hindiston Superligasida chempionlikka erishdi.

2014 yilda ham “Atletiko” shoxsupaning eng yuqorisiga ko'tarilgan edi. O'tgan yil “CHennayin” chempion bo'lgandi.

“Atletiko” safida bu mavsumda portugaliyalik Elder Poshtiga, Enrike Serreno, ispaniyalik Xavi Lara, Borxa Fernandez, Tiri, Dani Mallo kabi legionerlar faoliyat olib borishdi.

“Kerala Blasters” – “Atletiko Kalkutta” 1:1 (3:4 penaltilar seriyasi)

Gollar: M.Rafi 37 - Sereno 44

“Kerala Blasters”: Stak, Xyuz, Engbart, Jingan, Ahmed, Hussayin, Mahamat, Vinet, Rafi, Belfort, Nazon

Zaxiradan tushganlar: Ndoye, Rafike, German.

“Atletiko Kalkutta”: Majumder, Sereno, Pereyra, Tiri, Kotal, Borxa Fernandez, Doutie, Raja, Ralte, Elder Poshtiga, Xume

Zaxiradan tushganlar: Das, Xavi Lara, Nato.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing