22 jan 07:20
Yangiliklar
Futbol

"Atletiko" La Ligada 7 ochkolik farq va zaxiradagi o'yin bilan "Real"ni ortda qoldirmoqda
"Atletiko" Ispaniya chempionati doirasidagi o'yinda "Eybar"ni safarda mag'lub etdi.
Madridliklar uchrashuvning 12-daqiqasidayoq gol o'tkazib yuborishgandi.
Biroq Luis Suares tanaffusgacha hisobni tenglashtirdi, 89-daqiqada esa penaltidan jamoasini oldinga olib chiqdi.
Jamoa La Ligada ketma-ket oltinchi g'alabasiga erishib, turnir jadvalidagi etakchiligini mustahkamlab oldi.
Endilikda "Atletiko" ikkinchi o'rindagi "Real"ni 7 ochkoga ortda qoldirmoqda. SHu bilan birga jamoa bitta o'yin kam o'tkazgan. Uchinchni o'rindagi "Barselona" bilan farq esa 10 ochkoni tashkil etmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar