24 sen 19:19
Yangiliklar
Futbol

"Atletiko" "Manchester Siti"ning 85 million evrolik taklifini rad etdi
"Atletiko" himoyachi Xose Ximenes borasidagi taklifni rad etdi.
"SHaharliklar" futbolchi uchun 85 million evro to'lashga tayyor edilar, ammo rad javobini olishdi. Bu angliyaliklarni ajablantirdi.
Madrid klubi prezidenti Enrike Sereso Ximenes borasida "Atletiko"ga haqiqatdan ham moliyaviy tarafdan yaxshi taklif tushanini, ammo "matraschilar" sotishmaganini aytdi.
Ximenes "Atletiko"da 2013 yildan beri o'ynaydi. 25 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. Uning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar