24 fev 12:33
Yangiliklar
Futbol
"Atletiko Mineyro" Sampaolining ketishini tasdiqladi. Murabbiy "Marsel" bilan 2 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
"Atletiko Mineyro" bosh murabbiylikdan Xorxe Sampaolining ketayotganini elon qildi.
60 yoshli argentinalik mutaxassis o'z tashabbusi bilan shartnomani bekor qiladi, Braziliya klubi ertaga Sampaoli qo'l ostidagi so'nggi o'yinini o'tkazadi.
Murabbiy "Atletiko"ga 650 ming evro tovon puli to'laydigan "Marsel" bilan ikki yillik bitim borasida kelishuvga erishdi.
"Marsel"ning oldingi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash klubdan fevral oyining boshida ketgan edi. Klub 25 o'yindan so'ng Liga 1'da 7-o'rinda bormoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar