02 apr 16:29
Yangiliklar
Futbol

"Atletiko" "Napoli" etakchilaridan biriga qiziqmoqda
"Napoli" xavbeki Fabian Ruis faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotlariga ko'ra, o'yinchiga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Matraschilar" rahbariyati yarim himoyachini yozgi transfer oynasida o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radi. 24 yoshli o'yinchining neapolliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
Oldinroq ham "Atletiko" Ruisni xarid qilishga urinib ko'rgan, ammo Italiya klubi uni 45 million evro evaziga sotmagandi. Fabian joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 22 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar