22 iyu 09:06
Yangiliklar
Futbol
"Atletiko" prezidenti Ronaldu bilan shartnoma haqidagi savolga javob berdi
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso MYU futbolchisi Krishtianu Ronalduning transferi haqidagi mish-mishlarga javob qaytardi.
"Siz menga bundan ham qiyinroq savollar berishingiz kerak. Oddiy savollarga javoblar ham oddiy bo'ladi. Biz kechki ovqatga keldik. Mavsum boshlanishi oldidan bo'layotgan kechki ovqat. Ajoyib tarkib, zo'r futbolchi va fantastik murabbiy bilan birga. Bizda barcha narsa etarli, yana nima istashimiz mumkin?", - dedi Sereso.
Avvalroq, Ronaldu Ispaniyaga qaytishni istayotgani va "Atletiko"da o'ynashga qarshi emasligi xabar qilingandi. Buning uchun u maoshining 30 foizga kamayishiga ham tayyor ekanligi aytilgandi.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar