29 sen 07:33
Yangiliklar

"Atletiko" so'nggi daqiqalarda ikki gol urib "Milan"ni mag'lub etdi
Italiyaliklarning mag'lubiyatiga Kessiening 29-daqiqada maydondan chetlatilgani sabab bo'ldi. CHetlatishga qadar "Milan" hisobda oldinda borayotgandi. O'yinning 84-daqiqasida Grizmann muvozanatni tikladi. So'nggi daqiqada esa Luis Suares penaltidan gol urib, "Atletiko"ga g'alaba taqdim etdi.
"Milan" – "Atletiko" 1:2
«Juzeppe Meacca (San-Siro)» stadioni
Gollar: 1:0 – 20 Rafael Leau, 1:1 – 84 Grizmann, 1:2 – 90, penalti Suares.
"Milan" – Menyan, Kalabriya, Romanoli, Tomori, Ernandes, Kessie, Bennaser (Florenci, 81), Salemakers (Kalulu, 82), Rebich (Tonali, 34), Rafael Leau (Jiru, 57), Braim Dias (Ballo-Ture, 57).
"Atletiko" – Oblak, Tripper (Joau Feliks, 40), Felipe, Ximenes, Ermoso (Lodi, 46), Lorente, Karrasko (de Paul, 46), Koke (Grizmann, 61), Kondogbia (Lemar, 64), Suares, Korrea.
Ogohlantirishlar: Kessie (15), Rebich (29), Kondogbia (60), Ernandes (69), Salemakers (79), Menyan (90).
CHetlatish: Kessie (29).
Fikrlar