29 apr 15:26
Yangiliklar
Engil atletika
Atletlarimizning jahon reytingidagi o'rinlarini bilasizmi?
Xalqaro engil atletika federaciyalari associaciyasi – “IAAF” o'zining yangilangan jahon reytingini elon qildi.
Qatarning Doxa shahrida o'tgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan atletlarimiz mazkur reytingning yuqori pog'onalaridan joy oldi.
Quyida sportchilarimizning jahon reytingida qanday pog'onalarni egallab turganlari bilan tanishishingiz mumkin.
Balandlikka sakrash: Svetlana Radzivil 1234 ochko bilan 11 pog'onada borayotgan bo'lsa, Nadiya Dusanova 1196 ochko bilan 18 o'rindan joy oldi.
Uch hatlab sakrash: Ruslan Qurbonov 1205 ochko bilan 15 pog'onadan joy egallagan.
Ettikurash: Ekaterina Voronina 1155 ochko bilan 17 o'ringa ko'tarilib oldi.
Bosqon uloqtirish: Suxrob Xo'jaev 1117 ochko bilan reytingni 30 pog'onasiga chiqib oldi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar