So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

15 iyu 12:04
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Top-10`da o'zgarishlar, tennischilarimiz sezilarli tarzda yuqorilashdi

Bugun professional tennischilar Associaciyasi haftalik yangi reytingni elon qildi.

Ikki hafta davom etgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turniri yakunlariga ko'ra yangilangan reytingda aytishga arzigulik o'zgarishlar kuzatildi. Ayniqsa, "Fyuchers" turnirlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan tennischilarimizning bari bu hafta reytingda sezilarli o'sishga erishishdi.  

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov ketma-ket ikkita turnirda vice-chempion bo'lgani evaziga hisobiga 19 ochko qo'shildi va u 22 pog'onaga yuqorilab, 287-o'ringa joylashdi. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin 33 o'ringa ko'tarildi va ayni paytda 582-pog'onadan joy olgan. Maksim SHin 29, Amir Milushev esa 189 o'ringa yuqorilagan. Rahimbek Ibrohim qo'lga kiritgan bir ochkosi evaziga ATP reytingiga kiritilgan. 

Jahon tennischilari reytingini hamon italiyalik Yannik Sinner peshqadamlik qilyapti. Uimbldon turniri bosh sovrinini qo'lga kiritish barobarida o'tgan yilgi chempionlik ochkolarini himoya qilgan Karlos Alkaraz reytingning uchinchi pog'onasida qoldi. Xuddi o'tgan yilgidek finalda yutqazgan Novak Jokovich ikkinchi raketka bo'lib qolmoqda.  


ATP reytingi. 15 iyul holatiga ko'ra Top-10:

1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 9570 ochko

2. (2) Novak Jokovich (Serbiya) - 8460

3. (3) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 8130

4. (4) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 7015

5. (5) Daniil Medvedev (Rossiya) - 6525

6. (9) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 4185

7. (7) Xubert Gurkach (Polsha) - 4105

8. (6) Andrey Rublyov (Rossiya) - 4070

9. (8) Kasper Ruud (Norvegiya) - 4030

10. (10) Grigor Dimitrov (Bolgariya) - 3770...


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

287 (309). Humoyun Sultonov - 192 (+18 ochko)

582. (615). Sergey Fomin - 61 (+6 ochko) 

1127. (1156). Maksim SHin - 9 (+1) 

1505T (1694T). Amir Milushev - 3 (+1 ochko) 

1904T. Rahimbek Ibrohimov - 1 ochko 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing