21 noy 11:33
Yangiliklar
Tennis
ATP Yakuniy turniri finaliga chiqqan Medvedev Davidenkoning natijasini takrorladi
Rossiyalik tennischi Daniil Medvedev ATP Yakuniy turnirining yarim finalida norvegiyalik Kasper Ruudni mag'lubiyatga uchratdi.
Dunyoning ikkinchi raketkasi qatorasiga ikkinchi marotaba Yakuniy turnirning finalida kortga chiqadigan bo'ldi. Bu bilan u vatandoshi Nikolay Davidenkoning natijasini takrorladi. Daniil musobaqaning amaldagi g'olibi hisoblanadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar