07 noy 08:31
Yangiliklar
Tennis
ATP Yoshlar chempionati. De Minaur ikkinchi g'alabasiga erishdi
Italiyaning Milan shahrida tennis bo'yicha 21 yoshgacha bo'lgan dunyoning kuchli sakkiz nafar raketka ustalari ishtirokida ATP Yakuniy Yoshlar turniri davom etmoqda.
Dunyoning 18-raketkasi bo'lib turgan avstraliyalik 20 yoshli tennischi Aleks De Minaur 1 soatu 24 daqiqa davom etgan guruh bosqichining ikkinchi uchrashuvida reytingning 60-pog'onasidan joy olgan serbiyalik Miomir Kechmanovichni mag'lub etdi - 4/1, 4/3(4), 1/4, 4/0.
Aleks bahs davomida 5 ta, uning tengquri Kechmanovich esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Ketma-ket ikki g'alabaga erishgan De Minaur guruh peshqadamiga aylanib oldi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar