So’nggi yangiliklar

12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0 07:57UFC on ESPN 72 турнирининг барча жанглари натижаси битта хабарда + ФОТО 0

20 iyu 22:11
Yangiliklar

Tennis

ATR reytingi. Denis Istomin "taxt"ini yana qaytarib oldi

Bugun ATR erkak tennischilarning yangilangan haftalik reytingini elon qildi.

Unga ko'ra, reytingning Top-10`ligida bitta o'zgarish kuzatildi. Galle turniri finalida dunyoning birinchi raketkasi, rossiyalik Daniil Medvedevni mag'lub etib chempion bo'lgan Xubert Gurkach ikki pog'ona ko'tarilib, 10-o'rinni egallab turibdi. 

Medvedev finaldagi mag'lubiyatiga qaramay, reyting peshqadamligini saqlab qoldi. Kuchli o'ntalikdan germaniyalik Aleksandr Zverev, serbiyalik Novak Jokovich, ispaniyaliklar Rafael Nadal, Karlos Alkaraz, norvegiyalik Kasper Ruud, greciyalik Stefanos Cicipas, rossiyalik Andrey Rublyov va kanadalik Feliks Oje joy olgan.  

Tajribali tennischimiz Denis Istomin bir haftalik tanaffusdan so'ng yana O'zbekistonning birinchi raketkasi maqomini o'ziga qaytarib oldi. O'tgan hafta Humoyun Sultonov Denisning 17 yillik yakka hokimligiga chek qo'yib, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi bo'lib olgan edi. 

Bugun elon qilingan reytingda Istomin o'tgan haftadagi o'rniga nisbatan 5 pog'onaga yuqorilab, 368-o'ringa joylashdi. Sultonov esa 29 pog'onaga pastlab, 399-o'rinni egallab turibdi. Sergey Fomin 6, Jo'rabek Karimov 1, Maksim SHin 4, SHonig'mat SHofayziev 106 pog'onaga ko'tarilib oldi. Aksincha, Sanjar Fayziev 18, Saidalo Saidkarimov 146 o'ringa pastladi.  

ATP reytingi. 2022 yil 20 iyun holatiga ko'ra:

1. (1) Daniil Medvedev (Rossiya) - 8160 ochko

2. (2) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 7030

3. (3) Novak Jokovich (Serbiya) - 6770 

4. (4) Rafael Nadal (Ispaniya) - 6525

5. (5) Kasper Ruud (Norvegiya) - 5050

6. (6) Stefanos Cicipas (Greciya) - 4945

7. (7) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 4893

8. (8) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3875

9. (9) Feliks Oje (Kanada) - 3760

10. (12) Xubert Gurgach (Polsha) - 3788

O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

368 (373). Denis Istomin - 115

399 (370). Humoyun Sultonov - 102

402 (408). Sergey Fomin - 101

722 (704). Sanjar Fayziev - 27

1197 (1198) Jo'rabek Karimov - 5

1278 (1282) Maksim SHin - 4

1292 (1147). Saidalo Saidkarimov - 4

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing