11 jan 11:05
Yangiliklar
Tennis

Australian open. Abduraimovaning saralashdagi ilk raqibasi malum
Avstraliyaning Melburn shahrida tennis bo'yicha yilning 4ta nufuzli turniridan dastlabkisi - Australian open musobaqasining saralash bahslari boshlandi.
Xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi saralash bahslarida hamyurtimiz Sabina SHaripovadan tashqari Nigina Abduraimova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
Mamlakatimizning ikkinchi
raketkasi qura natijasiga ko'ra saralashning ilk davraisda xitoylik Kay-Lin
Jangga qarshi kortga chiqadi. Jang saralashning 19-raketkasi sifatida qayd
etilgan.
Taqqoslash uchun, Nigina Abduraimova WTA reytingida 164, xitoylik tennischi esa 134-o'rinni egallab turibdi.
Eslatib o'tamiz, mamlakatimizning birinchi raketkasi bo'lgan Sabina SHaripova saralashning ilk davrasida rossiyalik Veronika Kudermetovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar